Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishida maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Mazkur poyezdlar Moskvadan soat 22:28 da jo‘naydi. Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva – Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Pandemiya davrida Rossiya Federatsiyasida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni mamlakatga olib kelish maqsadida Toshkent – Moskva – Toshkent yo‘nalishida maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Rossiya SSP rahbari migrantlar uchun chegarani ochishga ruxsat berishni so‘radi

O‘zbekiston Transport vazirligi hamda O‘zbekiston Tashqi Ishlar vazirligi, shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati rahbariyatining rossiyalik hamkasblari bilan olib borilgan muzokaralari natijasida shunday qarorga kelindi.

Jumladan joriy yil dekabr oyining 14, 21, 28 sanalarida Moskva Kazanskiy – Toshkent yo‘nalishida poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Mazkur poyezdlar Moskvadan soat 22:28 da jo‘naydi. Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva – Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida chiptalarning elektron sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Moskvadagi O‘zbekiston fuqarolarining yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasliqlovchi hujjati nusxasi bilan "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali e-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar burosidan olish mumkin.