O‘zbekistonda koronavirus: 5 ta hududda yangi holatlar

O‘zbekistonda yana 166 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 74 664 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Turkiya COVID-19 ga qarshi Rossiya vaksinasidan voz kechilgani haqidagi xabarni rad etdi

O‘zbekistonda yana 166 kishida koronavirus aniqlandi, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 74 664 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 2 nafari Jizzax viloyatida, 3 nafari Qashqadaryo viloyatida, 6 nafari Buxoro viloyatida, 27 nafari Toshkent viloyatida, 128 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 71 921 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foiz.

Ayni paytda 2 132 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  179 nafari og‘ir, 34 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 611 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 68,9 milliondan oshdi, 1,5 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (15,4 mln), Hindistonda (9,8 mln), Braziliyada (6,7 mln).