TOShKENT, 11 dek — Sputnik. AQSh hukumati “Magnitskiy qonuni” bo‘yicha Rossiya fuqarolari va tashkilotlariga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etdi.
Ro‘yxatga “Rosgvardiya” rahbarining Checheniston bo‘yicha o‘rinbosari Daniil Martinov, respublika bosh vazirining o‘rinbosari Vaxit Usmayev, Rossiya fuqarosi Ziyod Sabsabi kiritildi. AQSh Moliya vazirligiga ko‘ra, ularning barchasi "Ramzan Qodirov bilan bog‘liq".
Bundan tashqari, sanksiyalar Checheniston rahbariga "moddiy va texnologik yordam" uchun "Qodirovning Yevropadagi vakili" Timur Dugazayevga (Germaniya fuqarosi), otlar bo‘yicha murabbiy, BAA fuqarosi Satish Siimarga ham qo‘llaniladi.
Qodirovning o‘zi esa 2017-yildan beri sanksiyalar ostida. Uni “Qodirovchilar” tashkilotining yetakchisi deb aytib kelinadi. Amerika hukumatiga ko‘ra, ular siyosatchi Boris Nemsov 2015-yilda Boris Nemsov o‘ldirilishiga aloqador.
Axmat Qodirov jamg‘armasi, "Axmat" futbol klubi, "Absolute Championship Akhmat" promouterlik kompaniyasi, "Axmat MMA" jangovar klubi, "Chechen mineral suvlari" va "Megastroyinvest" sanksiya ostiga tushdi.
Ushbu jismoniy va yuridik shaxslarning AQSh mol-mulki va moliyaviy aktivlari muzlatiladi va Amerika fuqarolariga ular bilan hamkorlik qilish taqiqlanadi.
Ramzan Qodirov bu sanksiyalardan hayratlanmagani va ularning oqibatlaridan qo‘rqmasligini aytdi.
"Do‘stlar, Amerika sport bilan, xotinlari, bolalari, xayriya tashkilotlari, sportchilar, otlar bilan kurashishni boshladi. Buning yagona nomi bor -"aqliy zaiflik", chunki insoniyat tarixida bundan-da bema’niroq narsa bo‘lmagan", - deb yozadi u Telegram’da.