Qoraqalpog‘istonda bir kechada olti kishi, jumladan ikki bola is gazidan zaharlanib o‘ldi

Qoraqalpog‘istonda uyni isitish uchun o‘rnatilgan pechdan chiqqan is gazidan olti kishi vafot etdi. Ular orasida 11 va 7 yoshli bolalar bor.
Sputnik

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda bir kechada oilaning 4 nafar a’zosi va 2 nafar mehmon iz gazidan zaharlanib halok bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabariga ko‘ra, joriy yil 9-dekabr kuni soat 17:00larda Xo‘jayli tumani IIBga bu boradagi ma’lumot kelib tushgan.

Sirdaryoda yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Ma’lum bo‘lishicha, Xo‘jayli tumani “Samankol” ovul fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarning birida yashovchi G.Yu. va A.R. hamda ularning 11 va 7 yoshli farzandlari X.E. va X.A.lar, shuningdek, ushbu xonadonga mehmon bo‘lib kelgan fuqarolar – K.A. va X.A.lar uyni isitish uchun o‘rnatilgan pechdan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.  

Hozirda ushbu holat yuzasidan Xo‘jayli tumani prokuraturasi tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

Tergov harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Fuqarolardan bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz va isitish uskunalaridan foydalanilganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish so‘ralgan.