O‘zbekiston va Tojikistondan yuzlab terrorchi “Tolibon”* safiga qo‘shildi – afg‘on OAV

So‘nggi vaqtlarda Markaziy Osiyo va boshqa davlatlardan kelgan yuzdan ortiq terrorchi “Tolibon” (Rossiyada taqiqlangan) safiga qo‘shildi
Sputnik

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. So‘nggi vaqtlarda Markaziy Osiyo va boshqa davlatlardan kelgan yuzdan ortiq terrorchi “Tolibon” radikal harakati (Rossiyada taqiqlangan) safiga qo‘shildi, deb xabar qildi Afg‘oniston Pajhwok axborot agentligi.

Jangarilarning aksariyati shimoliy Badaxshon provinsiyasida to‘plandi.

"Bular Tojikiston, O‘zbekiston, Kavkazdan kelgan terrorchilar va Xitoydan kelgan uyg‘urlar. Ular asosan Varduj va Jirm tumanida to‘plangan, yaqinda esa Maymai va Nusay chegara hududlariga kelishdi", - dedi Badaxshon viloyati gubernatori Ahmad Muhammad Xayrzoda.

Mintaqa kengashi a’zosi Abdulla Naji Nazarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hudud chet elliklar uchun boshpana bo‘lib xizmat qiladi: strategik joylashuv, Pokiston bilan chegaralarning ochiqligi va Tojikiston va boshqa ikki davlat bilan umumiy chegaralari ularga yordam bermoqda.

Chet el fuqarolari Tolibon va Afg‘oniston armiyasi o‘rtasidagi janglarda faol qatnashmoqda. Mahalliy hokimiyat vakiliga ko‘ra, bu qo‘shni davlatlar uchun xavf tug‘diradi.

Badaxshon politsiyasi vakili Sanoulloh Ruhoniyning aytishicha, Afg‘oniston maxsus xizmati xodimlari hududda terrorchilardan ozod qilish operatsiyalari boshlanadi.

O‘z navbatida, “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulla Mujohid tashkilot jangarilari tarkibida xorijiy fuqarolar borligini rad etdi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik harakat