2021 yil yanvardan Toshkentda jamoat tranportlarida naqd pul to‘lovi bekor qilinadi

Shuningdek, qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari ham bekor qilinadi. Alohida imtiyozga ega shaxslar, talabalar va o‘quvchilar uchun huddi shu turdagi kartalar joriy etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 10 dek - Sputnik. 2021-yil 1-yanvardan Jamoat transportida to‘lov uslubi o‘zgarishi mumkin. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.

2021 yil yanvar oyidan boshlab Toshkent shahrida jamoat tranportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimini bekor qilish rejalashtirilmoqda. Naqd pul o‘rnini yagona transport kartasi egallaydi.

Shuningdek, qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari ham bekor qilinadi. Alohida imtiyozga ega shaxslar, talabalar va o‘quvchilar uchun huddi shu turdagi kartalar joriy etiladi.