Tadbirkorlarga yo‘llarda radar va kamera o‘rnatishga ruxsat beriladi

Birinchi martdan tadbirkorlarga yo‘llarda yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto va video vositalarini o‘rnatish huquqi beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. 2021-yil 1-martdan tadbirkorlarga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish huquqi beriladi.

Xususiy sektorga apreldan “prava” olish uchun imtihon o‘tkazish huquqi beriladi

Bu “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Maxsus vositalar o‘rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlarga bunday joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi.

Shunga ko‘ra, 2021-2022 yillarda respublika bo‘yicha jami 3 356 ta intellektual videokameralar hamda 763 ta statsionar radarlar o‘rnatiladi.