TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya 11-dekabrdan Qashqadaryo viloyatidan olib kelinadigan pomidor va qalampirga taqiq joriy etadi. Bu haqda Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) xabar qilmoqda.
“Sunny Land Export” MChJ (Qashqadaryo viloyati) ishlab chiqaruvchisi tomonidan Rossiya hududiga olib kirilgan pomidorlarda pomidor jigarrang burushiqlik (ToBRFV) virusi aniqlangan va bu taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lgan.
Rosselxoznadzor 26-noyabr kuni Farg‘ona viloyati va 4 dekabr kuni Navoiy viloyatidan Rossiyaga olib kelinadigan pomidor va qalampirlarga ham taqiq qo‘ygan edi. Keyinchalik Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqlandi.
Qozog‘iston O‘zbekiston sabzavotlarida ToBRFV virusi bor yoki yo‘qligini tekshiradi
Bundan tashqari, Rossiya 14-dekabrdan Armanistonning Armavir viloyatidan pomidor va qalampir va 10-dekabrdan Ozarbayjondan pomidor va olmalar importini virus va zararkunandalar aniqlangani tufayli taqiqlamoqda.