AQSh Kongressi "Shimoliy oqim-2"ga qarshi yangi sanksiyalarni tasdiqladi

Bunga qadar amaldagi amerika yetakchisi Donald Tramp ushbu hujjatga veto qo‘yish bilan hammani qo‘rqitib kelgan ma’lum. Sababi, hujjatdagi ayrim nizomlar Trampga maqbul bo‘lmagan, ammo kongress shu kunga qadar Oq uy rahbari tahdidlarini inkor etib kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Qo‘shma Shtatlar kongressidagi vakillar palatasi Rossiya gaz quvurlariga qarshi sanksiyalarni nazarda tutuvchi 2021-yilgi Mudofaa budjetini qo‘llab-quvvatladi. Ovoz berish natijalari shundan darak bermoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

AQSh nima uchun "Shimoliy oqim-2"ga to‘sqinlik qilmoqda - video

Bunga qadar amaldagi amerika yetakchisi Donald Tramp ushbu hujjatga veto qo‘yish bilan hammani qo‘rqitib kelgan ma’lum. Sababi, hujjatdagi ayrim nizomlar Trampga maqbul bo‘lmagan, ammo kongress shu kunga qadar Oq uy rahbari tahdidlarini inkor etib kelgan.

Umumiy qiymati 740 milliard dollar bo‘lgan ushbu qonun loyihasiga binoan, shu jumladan, "Shimoliy oqim-2" hamda "Turk oqimi" gaz quvurlariga nisbatan, Ukrainaga qurol-aslahalarni yetkazib berishga, amerika va Rossiya harbiylarining hamkorligiga qarshi sanksiyalarni kengaytirish, shuningdek, S-400 ZRK olgani uchun Turkiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llash hamda Moskvaga qarshi qaratilgan boshqa choralarni qo‘llash nazarda tutiladi.

Baydendan “Shimoliy oqim-2” borasida nimalarni kutish mumkin?

Ushbu hujjat qabul qilinishini vakillar palatasining 300 dan ortiq deputatlari ma’qullashgan, ya’ni bu 438 a’zoning uchdan ikki qismidan sal ko‘proqni tashkil etadi. Bu shuni anglatadiki, zarurat tug‘ilganida, palata Tramp vetosini yengishi mumkin, ammo bu ishni hozircha ushbu qonun loyihasi bo‘yicha ovoz bermagan senat ham amalga oshirishi lozim.

Kongress tomonidan qonun loyihasiga "tikib qo‘yilgan" AQShda Fuqarolar urushi vaqtida Janubdagi quldorlarga ega bo‘lgan harbiy qo‘mondonlar sharafiga nomlangan harbiy bazalar nomini o‘zgartirish istagi amerika prezidentiga yoqmayapti.

Ushbu choralar tarafdorlari bu irqchilikka qarshi kurashda yordam berishini ta’kidlashmoqda, qarshi tomonlar esa - ushbu qadamlarni "amerika tarixi bilan ortiqcha sarhisob qilish"ga yo‘yishmoqda.

AQSh "Shimoliy oqim - 2"ga qarshi koalitsiya tuzadi: bu qurilishni to‘xtatadimi?

Bundan tashqari, Tramp qonunda ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarga ular tomonidan chop etilayotgan kontent uchun javobgarlik choralarini biriktirib qo‘yilishini talab qilgan. Bu talablar mudofaaga emas, balki amerika yetakchisi va ijtimoiy tarmoqlarning shaxsiy hisob-kitoblariga tegishli. Twitter, Facebook va boshqa platformalar ko‘pdan-ko‘p holatlarda Tramp bayonotini dezinformatsiya yoki shubhali kontent sifatida belgilab qo‘yadi.

AQSh prezidenti ularni senzura va siyosatga ta’sir o‘tkazishga urinishda ayblab keladi. Agar ijtimoiy tarmoqlar va OAV yuridik jihatdan o‘zlari chop etgan maqolalarga javobgar etib tan olinsa, bu mamlakatda shakllangan an’anani buzadi va mass-media ishini cheklab qo‘yishi mumkin. Kongress ushbu masalada Tramp bilan yakdil emas.