O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 97%ga yetdi

Kecha kun davomida 167 nafar bemor sog‘ayib sog‘ayganlar jami 71 482 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 %ni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8 dek - Sputnik. O‘zbekistonda 7-dekabr holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 74 206 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

COVID ikkinchi to‘lqini, vaksina va islohotlar: SSV yangi rahbari bilan intervyu

Yangi kasallanish holatlari O‘zbekistonning beshta hududida aniqlangan.

Kecha kun davomida 167 nafar bemor sog‘ayib, sog‘ayganlar soni jami 71 482 nafarga yetgan va ushbu ko‘rsatkich 97 %ni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2113 nafar bemordan 179 nafari og‘ir, 34 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘yicha yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar birinchi o‘rinda turibdi. Ikkinchi o‘rinda Hindiston va uchinchi o‘rinda Braziliya kelmoqda.

Butun dunyoda ushbu infeksiyaga chalingan insonlar soni 65 million nafardan oshgan. 1,5 mln dan ortiq kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan.