Qirg‘izistonga Rossiyaning 8ta shahridan avia-qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda

Eslatib o‘tamiz, sal oldin 2020-yilning 4-dekabridan boshlab Qirg‘iziston hukumati "Manas", "O‘sh", "Issiq-Ko‘l" xalqaro aeroportlari orqali kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgani xabar qilingandi
Sputnik

TOShKENT, 8 dek - Sputnik. Qirg‘izistonga Rossiyaning 8ta shahridan avia-qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston "Uralskie avialiniya"ga tayangan holda.

Qirg‘iziston o‘z chegarasini barcha davlatlar fuqarolari uchun ochdi

"Qirg‘iziston barcha chet ellik sayyohlar uchun chegarani ochmoqda. Demakki, O‘sh va Bishkekka muntazam reyslarni qabul qilishimiz mumkinligini anglatadi. Parvozlar Moskvadan ("Domodedovo"dan), Jukovskiydan, Sankt-Peterburgdan, Yekaterinburgdan, Quyi vartovskdan, Qozondan va Samaradan amalga oshiriladi", - deyiladi "Uralskie avialinii" xabarida.

Parvoz oldidan sayyohlar kovid yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnomani taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Test Qirg‘izistonga uchishdan oldin 72 soat davomida topshirilishi darkor.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin 2020-yilning 4-dekabridan boshlab Qirg‘iziston hukumati "Manas", "O‘sh", "Issiq-Ko‘l" xalqaro aeroportlari orqali kirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgani xabar qilingandi.