Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

Keltirilgan quritilgan o‘rik partiyasida kapr qo‘ng‘izi aniqlangani tufayli Farg‘ona viloyatidan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlarini olib kirish taqiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) keltirilgan quritilgan o‘rik partiyasida kapr qo‘ng‘izi aniqlangani tufayli Farg‘ona viloyatidan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi.

“Zararkunanda lichinka bosqichida 1 kg mahsulotda ikki dona aniqlangan. Bu partiyaning jiddiy zararlanganidan darak beradi”, - deyilgan Rosselxoznadzor xabarida.

Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

Ta’kidlanishicha, kapr qo‘ng‘izining Rossiya hududida tarqalishi o‘simliklar hosiliga, jumladan, don mahsulotiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bu esa Rossiyaning eksport salohiyatiga ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Xabarda yozilishicha, O‘zbekistonning vakolatli idorasi karantin obyekti topilgan, mahsulotlar saqlanadigan omborlarni tekshirish protokollarini yuboradi.

Rosselxoznadzor Farg‘ona viloyatidan barcha o‘simlik mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi

Bundan tashqari, tomonlar ikki mamlakat ilmiy xodimlari o‘rtasida o‘simlik mahsulotlarida kapr qo‘ng‘izini aniqlash usullarini muhokama qilish va uni aniqlashning eng samarali usullari to‘g‘risida pozitsiyani ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarni tashkil etishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya karantin idoralari O‘zbekiston jo‘natilgan quritilgan o‘rik mahsulotida zararkunanda hasharot aniqlangani haqida xabardan so‘ng muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingan edi. “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi Rossiya O‘zbekiston quritilgan o‘rik mahsulotiga taqiq qo‘ymasligi ma’lum qilgan edi.