Ikki kema "Shimoliy oqim-2" qurilishini yakuniga yetkazishga qodir. Rossiya-Yevropa loyihasining taqdiri bosim va AQSh sanksiyalari tufayli shubha ostiga qo‘yildi. Avvalroq Vashington loyihaga cheklovlar qo‘ygan va ishtirokchilardan uning qurilishini darhol to‘xtatishni talab qilgan. Yangi gaz quvuri Rossiya gazini Boltiq dengizi orqali Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlariga yetkazib berishi kerak. AQSh ushbu loyihaga faol qarshi chiqmoqda, chunki bu ularning iqtisodiy manfaatlariga xalaqit beradi.