Xitoy Oyda o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi - foto

"Chan’e-5" Xitoy kosmik apparatining qo‘nish moduli Oyda Xitoy bayrog‘ini o‘rnatdi. Endi kosmik kema muhim yuk bilan Yerga qaytishi kerak.
Sputnik

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. "Chan’e-5" Xitoy kosmik apparatining qo‘nish moduli Oy yuziga Xitoy bayrog‘ini o‘rnatdi va undan tuproq namunalarini yig‘di. “Chan’e-5” zondi 2020-yil 1-dekabrda Oyga qo‘ngan edi.

Endi kosmik kema muhim yuk bilan Yerga qaytishi kerak.

Xitoy Milliy kosmik boshqarmasi kosmik kema tasvirga olgan suratlarni e’lon qildi. Kosmik zond taxminan ikki kilo oy tuprog‘ini yig‘di va Xitoy bayrog‘ini o‘rnatdi.

Bungacha oyga faqat amerikalik astronavtlar o‘z bayrog‘ini o‘rnatgan edi.

Endi zond qaytishi kerak: 16-17 dekabr kunlari kemaning kapsula bilan yerga tushishi rejalashtirilgan.

1969-1976 yillarda AQSh va SSSR Oy tuproqlarini Yerga olib kelgan, agar bu missiya muvaffaqiyatli o‘tsa, Xitoy tadqiqot uchun oydan tuproq olib kelgan uchinchi mamlakat bo‘ladi.