Kamilov Shveysariya TIV rahbari bilan muloqot qildi

Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari O‘zbekiston-Shveysariya ko‘p qirrali aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.
Sputnik

TOShKENT, 8 dek - Sputnik. 2020-yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Shveysariya Konfederatsiyasi Tashqi ishlar federal maslahatchisi (vaziri) Ignatsio Kassis o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.

Bloomberg: Gulnora Karimova Shveysariyada sudda yutib chiqdi

Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari O‘zbekiston-Shveysariya ko‘p qirrali aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kuchaytirish hamda qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish, resurslar va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

Uchrashuvda ikki mamlakatning BMT, YeXHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalari masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar jadvali to‘g‘risida fikr almashildi.