Toshkent II Xalqaro marafoni g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, ushbu musobaqa orqali Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan sportchilar taqdirlandi.
Sputnik

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. O‘tgan dam olish kunlarida Toshkentda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro marafonida ikki nafar o‘zbekistonlik ishtirokchilar Olimpiya o‘yinlari talabini bajardi, deb xabar qilmoqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.  

Yarim marafon (21795 metr) g‘oliblari

Erkaklar: 

1. Yevgeniy Fadeyev (Surxondaryo) – 1:06.01
2. Otabek Toshquvvatov (Samarqand) – 1:06.23
3. Hasan Akbaraliyev (Farg‘ona) – 1:07.14

Ayollar:

1. Azizaxon Mirzaakbarova (Andijon) – 1:15.01
2. Sabina Talachova (Namangan) – 1:20.32
3.Veronika Grishina (Surxondaryo) – 1:21.32

Toshkent II Xalqaro marafoni g‘oliblari ma’lum bo‘ldi

To‘liq marafon (42195 metr) g‘oliblari

Erkaklar:

1. Andrey Petrov (O‘zbekiston) – 2:10.06
2. Ilya Tapkin (Qirg‘iziston) – 2:16.07
3.Vladislav Mamedov (O‘zbekiston) – 2:17.35

Ayollar:
1.Mariya Korobiskaya (Qirg‘iziston) – 2:26.43
2. Yekaterina Tunguskova (O‘zbekiston) – 2:28.55
3. Marina Xmelevskaya (O‘zbekiston) – 2:30.39

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar, shuningdek, ushbu musobaqa orqali Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan sportchilar taqdirlandi.

Toshkent II Xalqaro marafoni g‘oliblari ma’lum bo‘ldi