Qorabog‘dagi Shusha-Lisogorskiy yo‘li qanday minalardan tozalanmoqda – video

Rossiya Mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘dagi Shusha-Lisogorskiy yo‘lini minalardan tozalash videosini taqdim etdi.
Sputnik

Rossiyalik tinchlikparvar kuchlari 1,5 oy davom etgan jangdan so‘ng Tog‘li Qorabog‘ hududini tartibga keltirish ishlarini davom ettirmoqda.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, saporlar muhandislik ishlari chog‘ida Shusha va Lisogorskiy o‘rtasidagi 2,5 kilometr yo‘lni hamda yon atrofdagi 5 gektar hududni tozalashgan.

Rossiya Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qanday yordam bermoqda - video

Bundan tashqari, tinchlikparvar kuchlari 35 ta tez portlaydigan predmetlarni aniqlab, yo‘q qilish uchun olib chiqishgan.

Ta’kidlanishicha, Tog‘li Qorabog‘da ishlayotgan muhandislik bo‘linmalari umumiy hisobda 50 gektarga yaqin yer, 17 kilometr yo‘lni minadan tozalagan va mingdan ziyod portlovchi moddalarni zararsizlantirgan.

Rossiyaga rahmat: Tog‘li Qorabog‘da maktab va shifoxonalar ochilmoqda

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida oxirida yana boshlangan Tog‘li Qorabog‘ mojarosi Rossiya, Ozarbayjon va Armanistonning uch tomonlama kelishuviga asosan 10-noyabrda to‘xtatilgan edi. Shundan so‘ng hududga Rossiya tinchlikparvar kuchlari kiritilgan va kelishilgan holda Agdam, Kelbajar va Lochin hududlari Ozarbayjon ixtiyoriga berilgan edi.