Yulduzlardan gollar yomg‘iri: Toshkentda xayriya futbol turniri o‘tkazildi

Toshkentda 5-dekabr kuni yoshlar festivali doirasida Chempionlar kubogi xayriya futbol turniri o‘tkazildi. Unda yosh futbolchilar jamoalaridan tashqari o‘zbek futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzlari o‘zaro bellashdi.
Sputnik

Tadbir Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil qilindi. Dastavval Chempionlar kubogi o‘smirlar turnirining finali o‘tkazildi, unda Toshkent shahar mahallalarining yosh futbolchilar jamoalari qatnashdi. Turnir sovrindorlari va eng yaxshi o‘yinchilarini O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinchilari mukofotladi.

Yulduzlardan gollar yomg‘iri: Toshkentda xayriya futbol turniri o‘tkazildi

So‘ngra yoshlikni eslash va yosh avlodga namuna ko‘rsatish uchun maydonga o‘zbek futboli faxriylari chiqdi.

Yulduzlardan gollar yomg‘iri: Toshkentda xayriya futbol turniri o‘tkazildi

Do‘stona bahsda Toshkent va futbol yulduzlari jamoalari o‘zaro kucha sinashdi. Poytaxt sharafini Mirjalol Qosimov, Server Jeparov, murabbiy Ravshan Haydarov va FIFAning eng yaxshi hakamlaridan biri Ravshan Ermatov himoya qildi.

Raqib jamoasi Xirosimadagi 12-Osiyo o‘yinlarining chempionlari Farhod Magomedov, Azamat Abduraimov, Sergey Lebedev, Fevzi Davletov, Rustam Durmanov, Ilhom Sharipov, Shuhrat Maqsudov va futzal bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovdan tashkil topdi.

O‘yin natijasi 5:5 hisobida durang bo‘ldi. Ravshan Ermatov dubl, Server Jeparov esa xet-trikni hisobiga yozib qo‘ydi.

Tadbir yakunida Toshkent shahar hokimligi vakillari Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan yosh sportchilarga sovg‘alar, jumladan, sport anjomlarini topshirdilar.

Shuningdek, Mirjalol Qosimov, Shuhrat Maqsudov va Murod Aliyevni hokimiyat nomidan 50 yosh, futbol shahrlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev esa 60 yosh yubileyi bilan qutlashdi.

Yulduzlardan gollar yomg‘iri: Toshkentda xayriya futbol turniri o‘tkazildi

Xayriya tadbirining yorqin lahzalari Sputnik videosida.