Kadastr agentligi rahbarlarining yarimidan ko‘pi attestatsiyadan o‘ta olmadi

Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiyadan o‘tkazildi. Tahlilga ko‘ra, ulardan 24 foizi attestatsiyadan o‘tgan.
Sputnik

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Joriy yilining noyabr oyida prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiyadan  o‘tkazildi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Natijalarga ko‘ra:

  • 24 % attestatsiyadan o‘tgan;
  • 15 % shartli o‘tgan;
  • 61 % rahbarlar attestatsiyadan o‘ta olmagan.

3 dekabrdan boshlab Kadastr agentligining tuman-shahar filiallari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlari boshlandi. Har bir viloyat kesimida natijalar e’lon qilib boriladi.

Shuningdek, kadastr tizimidagi tozalash ishlari natijalariga ko‘ra joriy yilning 1-iyunidan 1-dekabriga qadar Agentlik tizimida faoliyat yuritishi davomida o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan, lavozimini suiiste’mol qilgan hamda aholiga xizmat ko‘rsatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 850 dan ortiq xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilingan.