Shoyguning qizi Rossiya triatlon federatsiyasi prezidenti etib saylandi

Sport hamjamiyati orasida Kseniya Shoygu ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazadigan tashkilot rahbari sifatida tanilgan
Sputnik

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. RF Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning qizi — Kseniya Shoygu — Rossiya Triatlon federatsiyasining yangi prezidenti lavozimini egalladi, bu haqda terma jamoa mutaxassisi Mariya Shorey RIA Novostiga ma’lum qilgan.

Federatsiya rahbarligiga saylovlar shanba kuni hisobot-saylov anjumanida bo‘lib o‘tgan.

Tashkilotning avvalgi rahbari Petr Ivanov Butunrossiya yengil atletika federatsiyasi rahbari etib saylangan.

Sport hamjamiyati orasida Kseniya Shoygu ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazadigan tashkilot rahbari sifatida tanilgan.