Rossiya Sanoat va savdo vaziri O‘zbekistonga "Cputnik V" vaksinalarini shaxsan olib keldi

Namunalar ular sinovlardan o‘tkazilishi uchun O‘zbekiston tomoniga topshirilgan. Shundan so‘ng vaksina ro‘yxatdan o‘tkaziladi va O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekiston Respublikasiga shaxsan COVID-19ga qarshi "Cputnik V" vaksinalarini yetkazdi. Qimmatbaho yuk Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Xolmamat Norboyev tomonidan qabul qilib olingan.

“Sputnik V”: 50tadan ortiq davlat vaksinani sotib olish uchun buyurtma berdi

Namunalar ular sinovlardan o‘tkazilishi uchun O‘zbekiston tomoniga topshirilgan. Shundan so‘ng vaksina ro‘yxatdan o‘tkaziladi va O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Ayni vaqtda ishlab chiqarilayotgan "Sputnik V" vaksinasi hajmi 2 mln dozaga yetadi va bu bizning aholimizni vaksinatsiya qilish uchun imkoniyat tug‘diradi, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, vaksinani ishlab chiqarish va fuqarolik oborotiga kiritish hajmlari kundan-kunga ortib bormoqda.

Rossiya vaksinasini tashqi bozorlarda ilgari surish masalasi bilan Rossiya sanoat vazirligining faol qo‘llab-quvvatlovi yordamida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi shug‘ullanmoqda.

Hozirda vaksina Belarus, Venesuela, BAA, Hindistonda klinik sinovlardan o‘tmoqda, shuningdek, Braziliya, Argentina va boshqa davlatlardagi regulyatorlar bilan ishlar olib borilmoqda.