Rosselxoznadzor o‘zbek mevalarida yana zararkunanda hashorot topdi

O‘zbekiston Milliy karantin va o‘simliklarni himoya qilish tashkiloti xabariga ko‘ra "Kaproviy juk" hashoroti O‘zbekistonda rasman butunlay yo‘q qilingan hisoblanadi.
Sputnik

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Rossiya Qishloq xo‘jalik sohasini nazorat qiluvchi davlat organi - Rosselxoznadzor O‘zbekistondan olib kelingan quruq mevalarda zararkunanda hashorot borligini aniqladi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

"O‘zbekistondan olib kelingan quritilgan o‘rik mevalarida Rossiya va YeOII karantin ro‘yxatida bo‘lgan - Kaproviy  juk (Trogoderma granarium Ev.) zararkunanda hashorot borligi aniqlangan. Zararkunanda hashorot lichinka davrida, bir kg. mahsulotda 2 dona miqdorida aniqlangan.Bu ushbu mahsulotl partiyasi jiddiy zararlanganidan darak beradi", - deyilgan rasmiy xabarda. 

Rosselxoznadzor 2008-yilda aynan ushbu hashorot tufayli O‘zbekistondan karantin ro‘yxatida bo‘lgan barcha mahsulotlarni olib kelishga ta’qiq qo‘yilganini yana bir bor eslatib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy karantin va o‘simliklarni himoya qilish tashkiloti (NOKZR) xabariga ko‘ra, ayni damda "Kaproviy juk" hashoroti O‘zbekistonda rasman butunlay yo‘q qilingan hisoblanadi. Ayni damda ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston tomoni bilan muzokaralar olib borilmoqda, - deyilgan xabarda. 

"Kaproviy juk" hashoroti bug‘doy, guruch, makkajo‘xori va boshqa qator dukkakli mahsulotlar, o‘rmon o‘simliklariga zarar yetkazishi va ularni butunlay yo‘q qilishi mumkin. Agar ushbu hashorot Rossiya hududidga olib kirilsa, u milliy eksport potensialiga yiliga 5 milliard rubl miqdorida zarar yetkazishi mumkin.