Dam olish kunlari antisiklon periferiyasi kuchayadi - O‘zgidromet

Respublika shimolida ancha sovuq bo‘ladi, kunning o‘rtasida havo harorati 5-8 daraja sovuqni, Orol bo‘yida 12-15 daraja sovuqni tashkil etadi
Sputnik

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda ob-havo sharoitini Volga bo‘yi ustida joylashgan sovuq antisiklon periferiyasi belgilaydi.

Koronavirus sovuqda o‘zini qanday tutadi - shifokor javobi

"Bu degani, bugun yog‘ingarchilik ehtimoli faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Janubiy va markaziy hududlar ustida qatlamli to‘p-to‘p bulutlardan hosil bo‘lgan qatorlar cho‘zilib ketishi davom etadi, harorat foni esa iqlimiy meyorlardan 6-8 darajaga past bo‘ladi. Respublika shimolida ancha sovuq bo‘ladi, kunning o‘rtasida havo harorati 5-8 daraja sovuqni, Orol bo‘yida 12-15 daraja sovuqni tashkil etadi", - deyiladi O‘zgidromet xabarida.

Ta’kidlanishicha, dam olish kunlari antisiklon periferiyasi kuchayadi, bulutlar kamayadi. Kechalari havo harorati 4-7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida ba’zi joylarda 17-20 daraja sovuqqacha bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 4-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi, lekin o‘rtacha kecha kunduzlik harorat odatdagidan biroz past bo‘ladi.