TOShKENT, 3 dek — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus koronavirus bilan kasallangan bemorlar soni sezilarli kamaygani sabab yana uchta tibbiyot muassasasi odatiy ish tarziga qaytdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-son yuqumli kasalliklar shifoxonalarini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki tartibda faoliyatini davom ettiradi.
Ushbu shifoxonalar joriy yilning 2-dekabridan boshlab koronavirus chalingan bemorlarni qabul qilishni to‘xtatadi. U yerdagi davolanish davom ettirilishi talab etiladigan bemorlar tegishliligi bo‘yicha 1- va 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga ko‘chiriladi.
Ta’kidlanishicha, bemorlar chiqarilgandan so‘ng muassasi o‘rnatilgan tartibda zararsizlantiriladi va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilib, mavjud tibbiy jihozlarni konservatsiya qilinadi. Infeksiyani davolashda qo‘llanilayotgan dori vositalari zaxira sifatida saqladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirus bemorlar isoni kamaygani bois Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilayotgani xabar qilingan edi.