TOShKENT, 3 dek - Sputnik. "Uzbekistan Airways" Nur-Sultonga muntazam parvozlar qayta tiklanganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Shuningdek, 2020-yil 8-dekabridan boshlab har seshanba Almatiga qo‘shimcha reyslar amalga oshiriladi.
Parvozlar grafigi quyidagicha:
Toshkent – Almati uchish 15:20, yetib borish vaqti 17:50
Almati – Toshkent uchish vaqti 18:50, yetib borish vaqti 19:30
2020 yil 10-dekabrdan boshlab Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonga reyslar har juma, 15-dekabrdan boshlab seshanba kunlari quyidagi grafikda amalga oshiriladi:
Toshkent – Nur-Sulton uchish vaqti 13:00, yetib kelish vaqti 16:00
Nur-Sulton – Toshkent uchish vaqti 17:00, yetib borish vaqti 18:00