Navoiyda ta’lim sifati past bo‘lgan 26 ta maktab direktorlari ishdan olindi

Navoiy viloyatida ta’lim sifati past bo‘lgan 26 nafar maktab direktori, 2 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri, 3 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Navoiy viloyatida past ko‘rsatkichli maktab direktorlari egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Ta’lim sifati past bo‘lgan 26 nafar maktab direktori, 2 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri, 3 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan”, - deyilgan xabarda.

Pedagog xodimlar maoshiga ustama to‘lanadi

Shu bilan birga tuman va shaharlarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda OTMga kirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 106 nafar maktab direktori 10 million so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Noyabr oyi o‘rtalarida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov rahbarligida Qarshi shahrida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Yig‘ilishda birorta bitiruvchisi OTMga kirmagan Qashqadaryodagi 20 ta maktab direktori ishdan olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilidan boshlab maktab direktori va o‘qituvchilarga o‘quvchilarning oliy ta’limga kirishi, kasb egallab, o‘z ishini topishi darajasiga qarab oshirilgan ish haqi to‘lanishi xabar qilingan edi.