Volyerni o‘zi tozalagan shimpanze internet qahramoniga aylandi - video

Volyerni o‘zi tozalagan shimpanze ijtimoiy tarmoqlarda yangi qahramonga aylandi. Tallindagi hayvonot bog‘i Facebook sahifasida qiziqarli rolikni joylashtirdi. Unda shimpanze avval yerga to‘kilgan suvni "supurib", so‘ngra supurgi bilan oynalarni "yuvib" qo‘ygani aks etgan.
Sputnik

Hayvonot bog‘i vakillarining aytishicha, xodimlardan biri volyerda supurgini unutib qo‘ydi.