TOShKENT, 3 dek — Sputnik. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Twitter’da grafik testni e’lon qildi. Maxfiy xizmat foydalanuvchilarga suratda ko‘rsatilgan kunning vaqtini aniqlash bo‘yicha savol bilan murojaat qildi.
Suratda binolar, maktab avtobuslari, mashinalar, qor bilan qoplangan tog‘ yonbag‘irlari tasvirlangan.
Foydalanuvchilarga 3ta variantda javob taklif etildi: 7:00, 11:00 va 15:00.
Ko‘pchilik suratda soat 7:00 deb javob berdi. Ular o‘zlarining tanlovlari kunduzi bo‘lishiga qaramay, ko‘cha chiroqlari hali yonib turganligi bilan izohlashdi.
Ayrim internet foydalanuvchilari “Markaziy razvedka boshqarmasiga muhimroq ishlar bilan shug‘ullanish kerak” deb maslahat berdi.
"Yigitlar, o‘yin o‘ynashni to‘xtatish va milliy xavfsizlik masalalariga jiddiy shug‘ullanish vaqti keldi", - deb yozgan foydalanuvchilardan biri.
Boshqa obunachi esa "MRB juda qattiq ishlashini ko‘rganidan xursand bo‘lganini" istehzo bilan yozgan.
Keyinchalik, agentlikda to‘g‘ri javob ma’lum qildi – bu ertalab 7:00.