“O‘zneftgazinspeksiya” eng ko‘p gazni kim o‘g‘irlaganini aniqladi

Tabiiy gazning eng katta miqdorda o‘g‘irlanishi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan ishlab chiqarish korxonalari tomonidan amalga oshirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yilning o‘tgan davrida 18,2 milliard so‘mlik neft mahsulotlari hamda 42 millard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Bu haqida “O‘zneftgazinspeksiya” boshqarma boshlig‘i Abdujabbor Fozilov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida xabar qildi.

“O‘zneftgazinspeksiya” eng ko‘p gazni kim o‘g‘irlaganini aniqladi

Hisobotdan ma’lum bo‘lishicha, tabiiy gazning eng katta miqdorda o‘g‘irlanish holati Toshkent viloyati va Toshkent shahrida aniqlangan:

  1. Toshkent viloyati – 18 mlrd. so‘m;
  2. Toshkent shahri – 12 mlrd. so‘m;
  3. Navoiy viloyatida – 6,6 mlrd. so‘m;
  4. Samarqand viloyatida – 4,4 mlrd. so‘m;
  5. Xorazm viloyatida – 3,3 mlrd. so‘m;
  6. Qashqadaryo viloyatida – 2,9 mlrd. so‘m;
  7. Andijon viloyatida – 2,9 mlrd. so‘m;

Ma’lum bo‘lishicha,  tabiiy gazning o‘g‘irlanishi asosan ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sodir etilgan.

Eng katta zarar AGTKShlar tomonidan  yetkazilgani aniqlangan. Avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)  tomonidan 11ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, ular jami 21,8 millard so‘mlik zarar yetkazgani aniqlangan.

Ikkinchi o‘rinda ohak ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 8,8 millard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Shuningdek issiqxona xo‘jaliklari tomonidan – 3,1 milliard so‘mlik va g‘isht ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 1,4 millard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

“O‘zneftgazinspeksiya” eng ko‘p gazni kim o‘g‘irlaganini aniqladi