TOShKENT, 2 dek - Sputnik. 2020-yil 2-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 73 276 (+182) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
Yangi kasallanish holatlarining Respublikaning 10ta hududida aniqlangan.
Shu bilan birga, kecha 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 611 nafarga yetdi.
Sog‘ayganlar jami 70 534 (+197) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2131 nafar bemordan 177 nafari og‘ir, 39 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
2 dekabr holatiga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinish holatlari 64 194 674 taga yetgan. Butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qurbonlari soni 1 486 829 kishiga yetgan.