Rossiyaga rahmat: Tog‘li Qorabog‘da maktab va shifoxonalar ochilmoqda

Stepanakertda maktablarda o‘quv jarayoni qayta tiklandi, mahalliy tug‘ruqxona ishi yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda hududga 25 mingdan ortiq qochqin qaytib keldi.
Sputnik

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi poytaxtida tinch hayot qaynamoqda: odamlar o‘z uylariga qaytib kelmoqda, do‘konlar ishlamoqda, jamoat transporti harakati tiklandi, endi qo‘rqmasdan ko‘chalarda yurish mumkin.

Boshqa aholi punktlarida ham fuqarolik infratuzilmasini tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Rossiya tinchlikparvar kuchlari aholini iloji boricha tezroq tinch hayotga qaytishi bo‘yicha qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilmoqda.