Putin ODKB mamlakatlaridagi notinch vaziyat haqida gapirdi

Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda. Tadbir videokonferensiya rejimida o‘tapti.
Sputnik

TOShKENT, 2 dek - Sputnik. Putin KXShT mamlakatlarida ahvol notinchligi haqida bayonot qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Buzilmas birodarlik: Belarusda ODKB harbiy mashqlari qanday o‘tmoqda

"KXShT (ODKB)mas’uliyati sohasiga kiruvchi maydondagi holat muammolarsiz kechmadi va umuman olganda notinch edi. Men sentabr oyida Tog‘li Qorabog‘ hududida KXShTga a’zo-mamlakat ishtirokida avj olgan qurolli mojaroni va Belarusdagi saylovlardan keyingi voqealarni nazarda tutmoqdaman. Mamlakat tashqaridan bo‘lgan misli ko‘rilmagan bosimga duch keldi, shuningdek, bu yerda Qirg‘izistondagi ichki siyosiy holat ham nazarda tutilmoqda", - dedi Putin KXShT kengashi yig‘ilishida.

Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda. Tadbir videokonferensiya rejimida o‘tapti.

Ishtirokchilar xalqaro xavfsizlik holati va tashkilot faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek qabul qilingan qarorlarning ijrosi va parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qiladilar.

Oltita mamlakat KXShT a’zosidir: Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston.