ODKB MDH, ShHT, YeXHT, NATO va YeI bilan uchrashuv tashkil etish taklifini ilgari surdi

Muzokaralarda umumiy xavfsizlik maydonini shakllantirishda birinchi qadam bo‘lishi mumkin bo‘lgan strategiyani muhokama qilish taklifi bildirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti MDH, ShHT, YeXHT, NATO va Yevropa Ittifoqining vakolatli vakillari qo‘shma yig‘ilishini tashkil etish taklifini ilgari surdi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Putin ODKB mamlakatlaridagi notinch vaziyat haqida gapirdi

"Biz har birimizning xavfsizligimiz boshqalar xavfsizligi bilan bog‘liq, degan prinsipdan kelib chiqamiz. KXShT davlatlarining bo‘linish chiziqlaridan, mojarolardan, ta’sir doiralaridan va turli darajadagi xavfsizlik zonalaridan xoli dunyoni yaratishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlari zamirida aynan shunday birlashtiruvchi asos yotadi", - deyiladi KXShT kengashi sessiyasi yakunida qabul qilingan qo‘shma bayonotda.

Muzokaralarda umumiy xavfsizlik maydonini shakllantirishda birinchi qadam bo‘lishi mumkin bo‘lgan strategiyani muhokama qilish taklifi bildirilgan.