“Makdonalds” 50-yilda ilk bor Bigmak retseptini o‘zgartirdi

Makdonalds o‘z muxlislari talablariga muvofiq Bigmak retseptini o‘zgartirishga qaror qildi: endi kotletalar orasidagi non bo‘lmaydi...
Sputnik

TOShKENT, 2 dek - Sputnik. "Makdonalds" oxirgi 50-yilda ilk bor o‘zining eng mashhur gamburgeri "Bigmak" retseptini o‘zgartirishga qaror qildi, Bloomberg xabariga asosan.

Bundan buyon fastfud tarmog‘i xo‘randalarga Bigmakning ikki xilini taklif qiladi. Ularning birida qiyma go‘shtli kotletalar orasiga qo‘yiladigan non bo‘lagi bo‘lmaydi. Ikkinchi xil gamburger esa yanada kattaroq bo‘ladi va uning kaloriyasi 860 kkalgacha oshadi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, dunyoga mashhur fastfud tarmog‘i o‘z muxlislari talablariga to‘liq javob berish uchun ana shunday qaror qabul qilgan.