Biolog: boshdan kechirilgan koronavirus erta qarishni tezlashtirishi mumkin

Ma’lum qilinishicha, koronavirus bemorlarining 70 foizida ayrim ichki organlarining patologiyasi aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Koronavirusni boshdan kechirgandan keyingi asoratlardan biri erta erta qarish bo‘lishi mumkin. Bu haqda bu haqda Jorj Meyson universitetining tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranova RIA Novosti bilan suhbatda ma’lum qildi.

Olimlar koronavirusga qarshi antitanachalarning saqlanish muddatini aniqladi

Mutaxassis koronavirusning yengil va o‘rta darajasini boshdan kechirgan odamlar sog‘lig‘ini kuzatgan bir guruh shifokorlarning tadqiqot natijalariga tayanib shunday fikrni bildirgan.

Aniqlanishicha, bemorlarning 70 foizida ayrim ichki organlarining patologiyasi aniqlangan. Eng ko‘p uchragan holat yog‘li gepatoz (jigar yallig‘lanishi) va oshqozonosti bezi to‘qimalarining yog‘li degeneratsiyasi bo‘lgan.

“Odatda bunday tashxislar 60 yoshda qo‘yiladi, koronavirusdan tuzalgandan guruhida bu 40 yoshdayoq kuzatilgan”, - dedi Baranova.

U koronavirus infeksiyasi “resurslarni olib, qarilikni yaqinlashtirishi” haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi. Shu bilan birga u kasallik asoratlari yanada batafsil o‘rganishni talab etishini ta’kidladi