TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Ikkinchi dekabr kuni Rossiyaning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakolatxonasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi taqdimotini o‘tkazadilar.
"Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev ishtirok etishadi", — deb xabar qildi RIA Novostiga doimiy vakolatxona matbuot-kotibi Fedor Strjijovskiy.
U shuningdek, "Sputnik V: COVID-19ga qarshi vaksina" virtual tadbiri BMT Bosh assambleyasi maxsus sessiyasi maydonlarida bo‘lib o‘tishini qo‘shimcha qildi. Majlisda Rossiya preparati to‘g‘risida yanada batafsil ma’lumotlar taqdim etiladi, deb qo‘shimcha qildi agentlik suhbatdoshi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi yoz oyi oxirida COVID-19 profilaktikasiga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. Gamaleya nomidagi NITSEMda ishlab chiqilgan preparatga "Sputnik V" nomi berildi. Vaksina o‘rganilgan va ishonchli inson adenovirus vektorlari platformasida yaratildi. Bunday metod asosida yaratilgan vaksinaning asosiy ustuvorliklari - xavfsizligi, samaradorlik va uzoq muddatli negativ oqibatlarning yo‘qligi bilan izohlanadi.