Ushbu bahsda Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 50-daqiqada A Seriyadagi debut golini urdi. Shu tariqa Shomurodov Italiya chempionatida gol urgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.
Avvalroq Eldor Italiya Kubogi 1/16 finali doirasida “Sampdoriya”ga qarshi o‘yinda golli uzatma amalga oshirgan edi.