TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Argentinaliklar afsonaviy futbolchi Diyego Maradona suratini 10 ming peso pul birligida tasvirlashni taklif qilishdi. Petitsiya matni Change.org platformasida joylashtirildi.
Aksiya 1-dekabrga o‘tar kechasi boshlandi, ayni vaqtda tashabbusni 15 mingdan ortiq kishi qo‘llab-quvvatladi, ularning soni o‘sishda davom etmoqda.
Argentina bayrog‘i, ko‘k va oq ranglarida - pul birligining dizayni yaratildi. Kupuraning markazida Maradonaning yoshlikdagi portreti, orqa fonda esa u 1986-yilda yutib olgan Jahon kubogi tasvirlangan.
Argentinada eng katta pul birligi 1000 peso.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 25-noyabrda 60 yoshida vafot etdi. Buenos-Ayresda dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.