Germaniyada avtomobil piyodalarni bosib ketdi

Germaniyaning Trir shahrida haydovchi mashinani piyodalar ustiga haydadi. Mahalliy OAVlar ikki kishi qurbon bo‘lgani va haydovchi qo‘lga olingani haqida yozmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Germaniyaning Trir shahrida  haydovchi mashinani piyodalar ustiga haydadi.

Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, buning natijasida bir necha kishi jarohat olgan. Hozirda voqea joyiga politsiya va boshqa xizmat xodimlari yetib kelgan.

​Mahalliy OAVlar ikki kishi qurbon bo‘lgani va haydovchi qo‘lga olingani haqida yozmoqda. Hukumat hozircha bu ma’lumotlarni tasdiqlamagan.