TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Fransiyaning janubidagi Perpinyan shahrida qutqaruvchilar qurilish krani yordamida kvartiradan 300 kilogramm vaznli erkakni olib chiqishdi, deb xabar berdi France3 Occitanie telekanali.
Oktabr oyi oxirida, ortiqcha vaznga ega bo‘lgan fuqaro bir yildan buyon o‘z xonadonidan chiqa olmayotgani, uning advokati ichki ishlar vaziri Jerald Darmanenga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi. Alen ismli kishi 2019-yil iyulidan beri shahar meriyasidan yordam kutmoqda. O‘sha vaqtda erkak yiqilib, tos suyagini sindirib olgan edi.
Seshanba kuni qutqaruv operatsiyasiga 50 ga yaqin odam - politsiya xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar va shahar meriyasi vakillari jalb qilindi. Alena uyi joylashgan tor ko‘chada joylashgani tufayli operatsiyani murakkablashdi. Fasadni qisman olib tashlashi evaziga kvartiraning derazasi kengaytirildi. Uyda istiqomat qiluvchilar vaqtincha evakuatsiya qilindi.
Derazagacha ko‘tarilgan kran yordamida Alen maxsus konteynerga joylashtirildi. Yerda esa konteyner tez yordam mashinasiga joylashtirildi. Erkak Monpelyedagi kasalxonaga olib kelindi.
Tibbiy ko‘rik va kerakli davolanishdan so‘ng, Alen ortiqcha vaznga ega odamlar uchun Tuluzadagi ixtisoslashtirilgan markazga joylashtiriladi.