O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekiston dekabrda YeOIIda kuzatuvchi-davlat maqomini oladi - RF Sanoat va savdo vazirligi

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi departament direktori Mixail O‘zbekiston dekabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi-davlat maqomini olishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi departament direktori Mixail Anisimov RIA Novosti bilan suhbatda O‘zbekiston dekabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvchi-davlat maqomini olishini ma’lum qildi.

Xitoy YeOII bilan savdoni kengaytirishga tayyor

Shu yil yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikaning ittifoqda ishtirok etish masalasi parlamentda har tomonlama o‘rganib chiqish kerakligi haqida aytgandi.

Mart oyi boshida Vazirlar Mahkamasi parlamentning ikkala palatasiga mamlakatning YeOIIdagi kuzatuvchi-davlat sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklif kiritishga qaror qildi. Aprel oyi oxirida parlamentning qonun chiqaruvchi palatasi, may oyining boshida - Senat ko‘pchilik ovoz bilan O‘zbekistonning ittifoqda kuzatuvchi-davlat sifatida qatnashishini ma’qullagandi.

"Dekabr oyida O‘zbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida rasman kuzatuvchi maqomi beriladi", - dedi Anisimov "Rossiya-O‘zbekiston sanoat muloqoti: yangi loyihalar va sherikchilik" onlayn-konferensiyasida.

Anisimovning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan hamkorligi yangi formatda impuls va rivojlanish oladi.

YeOII – 2015-yil 1-yanvardan boshlash faoliyat ko‘rsatuvchi xalqaro iqtisodiy integratsiya birlashmasi. Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston - ittifoq a’zolari.