TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Yaponiya ustidan uchib o‘tgan olovli shar yoki juda yorqin yulduz aholini qo‘rqitib yubordi. Bu haqda NHK telekanali xabar qildi.
Parvoz 29-noyabrga o‘tar kechasi mamlakatning g‘arbiy qismida tasvirga olingan. Mie va Ayti prefekturalarida o‘rnatilgan kameralar bu hodisani qayd etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yaponiyaliklar ta’kidlashicha, yulduz parvozi vaqtida baland shovqin eshitilgan.
Hogo prefekturasidagi Akashi planetariy direktori Takesi Inouening so‘zlariga ko‘ra, yorqinligi Veneradan yuqori bo‘lgan bo‘lgan yulduz - juda kam uchraydi. Olim yulduzning so‘nggi chaqnashini to‘lin oy bilan taqqoslash mumkin, deb hisoblaydi.