Toshkent viloyatiga yangi bosh imom xatib tayinlandi

Toshkent shahri bosh imom-xatibi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Jasur domla Raupov Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Bugun Toshkent viloyati imom xatiblari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev muftiy Usmonxon Alimovga “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi

Unda idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, diniy idora ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov, masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov va taniqli imom xatiblar ishtirok etgan.

Toshkent shahri bosh imom-xatibi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Jasur domla Raupov Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlangan.

Jasur domla Raupov Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Andijon davlat universitetini tamomlagan. 1999-yildan boshlab Toshkentdagi bir necha masjidlarda imom-xatib vazifalarida ishlagan. Xususan, 2017-2019 yillarda “Islom ota” masjidi imom-xatibi vazifasida ishlagan, 2019-yil dekabrida Chilonzor tumanidagi “Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazilgandi.

2010 yildan buyon esa Toshkent shahar bosh imom xatibi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelgan.