Bayden yiqilib, oyog‘ini sindirib oldi

AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden toyib ketish oqibatida oyog‘ini shikastladi. Tomografiya uning oyog‘i ikki joyidan darz ketganini ko‘rsatdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. AQSh prezidentligiga nomzod Jo Bayden toyib ketish oqibatida oyog‘ini shikastladi.

Bayden AQShni Yevropa qo‘g‘irchog‘iga aylantiradi

Kompyuter tomografiyasi Jo Baydenning oyog‘i ikki joyidan darz ketganini ko‘rsatdi. Ehtimol demokrat bir necha hafta davomida maxsus oyoq kiyimda yurishga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan shanba kuni Jo Bayden iti Meyjor bilan o‘ynayotganda toyib ketdi, shundan so‘ng shifokor ko‘rigidan o‘tishga to‘g‘ri keldi.  

Dastlab ortoped suyak singanini  aniqlamagandi, faqat mushaklarning cho‘zilishi tashxisini qo‘ydi, ammo siyosatchini qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tish uchun yuborildi. Qayta ko‘rikda uning oyoq panjasi qismida sinish jarohatlari borligi aniqlandi.

AQShda prezident saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden zarur bo‘lgan 270 ovozdan 306 ta saylashga vakil qilingan kishining ovozini oldi. Amaldagi prezident Donald Tramp hali mag‘lubiyatini tan olgani yo‘q va ba’zi shtatlarda sudlashmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’da o‘z raqibiga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi.