TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olish vakolatining Ichki ishlar vazirligidan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda.
Deputat Rasul Kusherbayevning yozishicha, bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida bergan axborotida aytib o‘tgan.
Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, hujjat loyihasiga ko‘ra, imtihon olishga moslashgan avtodromlar va imtihon olish tizimi to‘liq xususiy sektorga beriladi va IIV buni monitoring qilib boradi.
YHXBB 16 yoshdan mashina haydashga ruxsat berish taklifiga munosabat bildirdi
Bu jarayonning 2021-yilda amalga oshirilishi kutilmoqda.
“Umid qilamizki, bu haydovchilik mas’uliyatini oshirib, yo‘llarimizda madaniyatli haydovchilar ko‘payishiga xizmat qiladi”, — deya qo‘shimcha qilgan deputat.