TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Virusologiya va epidemiologiya sohasidagi britaniyalik mutaxassislar Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasining samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetarlicha ishonchli deb atashdi.
“Ma’lumotlar vaksinaning yetarlicha samarali ekanligini ko‘rsatmoqda. Ushbu natijalar biz boshqa vaksinalar ustida olib borgan kuzatuvlarimizga mos keladi”, - dedi London gigiyena va tropik tibbiyot maktabining farmakoepidemiologiya professori Stiven Evans Kanadaning CBC telekanaliga bergan intervyusida.
U Rossiya vaksinasining 95 foiz samaradorligini ko‘rsatgan klinik sinovlari haqidagi xabarga shunday o‘z fikrini bildirgan.
U “Sputnik V” va boshqa vaksinalarning ko‘rsatgichlari butun dunyoda sog‘liqni saqlash sohasida COVID-19ni emlash yo‘li yordamida yengish mumkinligiga umid bag‘ishlamoqdaligini ta’kidladi.
Telekanalning xabar qilishicha, olimlarning ijobiy baholari vaksinadagi ishlanmalar o‘zining samaradorligini bir necha bor isbotlaganiga asoslanadi.
Rossiya va dunyodagi koronavirusga qarshi birinchi “Sputnik V” vaksinasi o‘zining 95 foiz samaradorligini ko‘rsatdi. U 11-avgust kuni ro‘yxatga olindi. Hozir vaksinaning klinik sinovlarining uchinchi bosqichi Belarus, BAA, Venesuela va qator davlatlarda o‘tkazilmoqda. 50 dan ziyod davlatdan “Sputnik V”ning 1,2 milliardan ortiq dozasini xarid qilishga buyurtma kelib tushgan.