TOShKENT, 27 noya- Sputnik. Kelajakda Rossiyada haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihonni haydovchisiz avtomobilda topshirish mumkin bo‘ladi. Bu haqida RIA Novostiga Moskva shahar Harakat xavfsizligi boshqarmasi rahbari Nikolay Sheyuxin xabar qilgan.
"Mana imtihon mashinasi - u haydovchisiz avtomobil asosida yaratilgan. Unda ko‘plab kameralar, sensorli pedalar va planshet-inspektor o‘rnatilgan. Bu ertaga ishga tushadi demayman, lekin biz uni takomillashtirmoqdamiz. Tizim ichida raqamlashtirilgan yo‘llar joylashtirilgan. Haydovchiga ma’lum yo‘nalishga borish vazifasi beriladi va shundan so‘ng tizim uning harakatlarini baholaydi", - deydi Sheyuxin.
Mashinada albatta imtihon oluvchi inspektor ham bo‘ladi. Inspektorsiz imtihon holish hozircha rejalashtirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, yil boshida Rossiya rahbariyati tomonidan haydovchisiz avtomobillar tizimini ishlab chiqish, va ularni umumiy foydalanish yo‘llariga chiqarish vazifasi qo‘yilgan edi. Yaqin yillar ichida haydovchisiz avtomobillar Rossiyaning ayrim hududlarida ishga tushirilishi mumkin. Xususan, Moskvada Yandeks kompaniyasining sinovdan o‘tayotgan haydovchisiz avtomobillari tez-tez uchratib turish mumkin. Hozircha ularning salonida haydovchi bor.