TOShKENT, 27 noya - Sputnik. Andijon shahrida fuqaroga zo‘ravonlik ishlatib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2020-yil 27-noyabrdagi hukmiga ko‘ra:
D. Hamraliyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2-yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 9-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Q. Qodirov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2-yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
E. Rayimjonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2-yil ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
F. Husanboyev (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili lavozimida ishlagan)uzil-kesil 2-yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
P. Mamajonov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan) uzil-kesil 2-yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 8-yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
A. To‘raqulov (Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismi navbatchisi vazifasida ishlagan) uzil-kesil 1-yil muddatga ichki ishlar idoralarida hamda boshqa mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 1-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.