Migrantlar uchun rus tili va tarixidan imtihon tartibi o‘zgaradi

Shu bilan birga, sertifikatning amal qilish muddati uni olish maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, vaqtinchalik yashash yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish istagidagi chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Rossiyada yashash va ishlash istagidagi chet elliklar uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirishning yangi qoidalari o‘rnatiladi. Imtihonlarning murakkablik darajasi esa chet el fuqarosining mamlakatda bo‘lish maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.

Mehnat migratsiyasi: O‘zbekistonni Yaponiya va Janubiy Koreya kelajagi kutaptimi?

Ushbu tartib Duma tomonidan qabul qilingan hukumat qonunida belgilangan.

Hozirgi vaqtda Rossiyaning hududiy boshqaruvi ushbu imtihonni o‘tkazuvchi ta’lim muassasalari ro‘yxatini hamda imtihonni o‘tkazish tartibi va shaklini belgilash huquqiga ega. Yangi qonunga muvofiq, imtihonlar rasmiy ro‘yxatga kiritilgan ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilib, tegishli sertifikat beriladi.

Shu bilan birga, sertifikatning amal qilish muddati uni olish maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, vaqtinchalik yashash yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish istagidagi chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 180 kun o‘tgach kuchga kiradi.