TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Bemorlar soni kamaygani bois, Toshkentdagi ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Koronavirusga qarshi kurash Markazining Coronavirus Info telegram kanali.
Xususan, Uchtepa tumanidagi "Atlas" do‘konida COVID-19 va atipik pnevmoniya bemorlari uchun tashkil etilgan taqsimot markazi yopildi. Tez orada "Yoshlik" sport majmuasidagi markaz faoliyati ham to‘xtatiladi, - deyilgan xabarda.
Ushbu telegram kanali o‘tkazgan so‘rovga muvofiq, O‘zbekistonda kornavirusga chalinib tuzalib chiqqanlar 18 %ni, simptomlari bo‘lgan, lekin test topshirmagan va shifokorga murojaat qilmaganlar soni 35% va koronavirusga chalinmaganman deb hisoblaydiganlar soni 47% ni tashkil qilgan. So‘rovda 71 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.